Bojxona kodeksi 12-modda. Tovarning but saqlanishini taʼminlashga doir operatsiyalar

Tovarning but saqlanishini taʼminlashga doir operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi: tozalash, shamollatish, quritish, shu jumladan iliq havoni vujudga keltirib quritish; saqlashning maqbul harorat rejimini yaratish, shu jumladan sovutish, muzlatish, isitish; himoya oʻroviga oʻrash, himoyalovchi moyni va konservantlarni surtish; zanglashdan himoya qilish uchun boʻyash, muhofazalovchi moddalar bilan ihotalash; korroziyaga qarshi qoplama surtish. Tovarlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tovarning but saqlanishini taʼminlashga doir operatsiyalar jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi operatsiyalar ham kiritilishi mumkin.