Bojxona tranziti bojxona rejimi olib kirilgan tovarni bojxona hududidan olib chiqish bilan yoki Oʻzbekiston tovarini bojxona hududiga olib kirish bilan tugallanadi. Tovarni joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha bojxona tranzitining muddati tovarlarni tashishning odatiy muddatlariga muvofiq, transportning turi va transport vositasining imkoniyatlari, yoʻnalishi, boshqa tashish shartlaridan kelib chiqqan holda va (yoki) deklarantning yoki, agar tashuvchi bojxona tranziti bojxona rejimi deklaranti sifatida ish yuritmagan boʻlsa, tashuvchining arizasidan kelib chiqqan holda, shuningdek haydovchining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq mehnat qilish hamda dam olish rejimi talablari inobatga olingan holda, joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilanadi, lekin bu muddat bojxona tranzitining eng koʻp muddatidan oshmasligi kerak. Bojxona tranziti bojxona rejimining eng koʻp muddati bojxona tranziti uchun xabarnoma berilgan kundan eʼtiboran belgilanadigan quyidagi hisob-kitob muddatidan oshmasligi lozim: havo transporti uchun — uch kalendar kun; yer usti va suv transporti uchun — oʻn besh kalendar kunda bir ming kilometr. Vakolatli shaxs tovarni va ushbu Kodeksning 18-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan muddatda taqdim etishi shart. Tovar kelib tushadigan bojxona organi bojxona tranziti bojxona rejimini tugallash uchun zarur operatsiyalarni bajaradi. Vakolatli shaxsning arizasiga koʻra bojxona tranziti bojxona rejimini oraliq bojxona organida quyidagi yoʻllar bilan tugallashga yoʻl qoʻyiladi: tovarni alohida turkumlar bilan va (yoki) joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan ilgari belgilanganidan boshqa tovar kelib tushadigan bojxona organlari orqali olib chiqish yoʻli bilan. Tovarlar alohida turkumlar bilan olib chiqilganda tovarning oxirgi turkumi bojxona hududidan olib chiqilganidan keyin bojxona tranziti bojxon