Bojxona kodeksi 125-modda. Yoʻq qilish bojxona rejimini avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki shikastlangan tovarlarga nisbatan qoʻllash

Yoʻq qilish bojxona rejimi avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki shikastlangan tovarlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin. Tovarlarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisida maʼlum qilgan shaxs bojxona organlariga tegishli vakolatli organning ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlarning mavjudligi hamda tovarlar shu holatlar natijasida yoʻq qilinganligi yoki shikastlanganligi toʻgʻrisidagi xulosasini taqdim etishi kerak. Avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki shikastlangan tovarlar yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirilayotganda ushbu Kodeks 122-moddasi birinchi qismining va 127-moddasining qoidalari qoʻllaniladi.