Bojxona kodeksi 131-modda. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi

Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga topshirilayotganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi bojxona organida saqlanadi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi vakolatli shaxsga beriladi. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda topshiriladi.