Tovarni bojxona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxs tovar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 1) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun: ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza; qayta ishlashning texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlgan texnik-iqtisodiy asoslar (hisob-kitoblar), shuningdek vakolatli organlarning va (yoki) vakolatli tashkilotlarning (shu jumladan bojxona laboratoriyalarining) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalarini belgilash uchun muayyan qayta ishlash texnologik jarayoniga asoslangan xulosalari, bundan qayta ishlash operatsiyasi taʼmirlashdan iborat boʻlgan hollar mustasno; qayta ishlashni amalga oshirish uchun asos boʻlgan kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) yoki tovarni qayta ishlash uchun olib chiqishga va qayta ishlash mahsulotlarini olib kirishga doir kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) koʻchirma nusxasi; 2) bojxona hududida qayta ishlash uchun: ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza; qayta ishlashning texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan texnik-iqtisodiy asoslar (hisob-kitoblar) ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar uchun; tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalashning vakolatli shaxs tomonidan belgilangan usuli; vakolatli shaxs tomonidan aniqlangan qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini baholash usuli, bundan qayta ishlash operatsiyasi taʼmirlashdan iborat boʻlgan hollar mustasno; qayta ishlashni amalga oshirish uchun asos boʻlgan kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) yoki tovarni qayta ishlash uchun ol