Bojxona kodeksi 140-modda. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish

Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi: vakolatli shaxs ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda; yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan yoki faoliyati toʻxtatilgan paytdan eʼtiboran, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda esa — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan yuridik shaxsning oʻzgartirilishi mustasno; tadbirkorlik subyekti boʻlgan jismoniy shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda; jismoniy shaxs vafot etganda, uning muomala layoqati belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda; ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bojxona organi yoki sud belgilagan muddatda vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etilmaganda; bojxona organining ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qarori gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda; ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda; amalga oshirilishi uchun bojxona organining ruxsatnomasi berilgan bir martalik harakat bajarilganda. Ushbu modda birinchi qismining uchinchi , toʻrtinchi , beshinchi , sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollar yuzaga kelishi bilan ruxsatnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi. Ruxsatnomaning amal qilishi ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan tugatiladi. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi sud qarori vakolatli shaxsga va bojxona organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi bojxona organi qarori uning amal qilishi tugatilishining sabablari va qonunchilikning aniq normalari koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaxsga yetkaziladi. Ruxsatnomaning amal qilishi tugatilgan taqdirda, u bojxona org