Bojxona kodeksi 150-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan vaqtincha olib chiqilgan transport vositasini bojxona hududiga qaytarib olib kirish

Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan vaqtincha olib chiqilgan transport vositasi bojxona hududiga qaytarib olib kirilayotganda, agar bojxona hududidan tashqarida tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasi qayta ishlash operatsiyalaridan oʻtkazilmagan boʻlsa, bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi, bundan uning but saqlanishini hamda undan foydalanilishini taʼminlash, shu jumladan unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash operatsiyalari mustasno.