Bojxona kodeksi 165-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari

Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan pochta yoki kuryerlik joʻnatmalari xalqaro pochta yoki kuryerlik joʻnatmalaridir. Xalqaro pochta joʻnatmalari Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga yuborilishi kerak. Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari tijorat hujjatlari bilan birga yuborilishi kerak. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan tovarlarni yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.