Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojxona organini bojxona chegarasini kesib oʻtishidan xabardor qilishi shart. Tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar ular toʻgʻrisida bojxona organiga dastlabki axborotni taqdim etishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va (yoki) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs ular toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni bojxona organiga taqdim etishi shart. Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda, ularni olib oʻtayotgan shaxs ushbu tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib chiqish niyati borligidan bojxona organlarini oldindan xabardor qiladi. Bojxona organi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun tovarlar va (yoki) transport vositalari yetib kelishi kerak boʻlgan vaqt va joyni tayinlaydi. Agar tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib oʻtayotgan shaxs koʻrsatilgan xabardor qilishni amalga oshirmaydigan boʻlsa, bunday majburiyat tashuvchining zimmasiga yuklatiladi. Bojxona chegarasi kesib oʻtilayotganda bojxona organini xabardor qilish bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organiga tovarlarni va (yoki) transport vositalarini, ularning tovar kuzatuv hujjatlarini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bojxona organlari ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas. Bojxona chegarasi orqali tovarlarning quvur transporti va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilishi toʻgʻrisida xabardor qilish ushbu Kodeksning 25-bobiga muvofiq amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan daryo portida yoki aeroportda toʻxtamasdan bojxona hududini kesib oʻtadigan daryo va havo kemalariga nisbatan ushbu