Bojxona kodeksi 173-modda. Bojxona omborlari

Bojxona ombori bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni saqlashga moʻljallangan, maxsus ajratilgan hamda jihozlangan bino va (yoki) ochiq maydonchadan iboratdir. Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida saqlash sharoitlarini talab etadigan tovarlar faqat shunday tovarlarni saqlash shartlariga mos keladigan maxsus moslashtirilgan omborlarga joylashtirilishi kerak. Bojxona omborlari foydalanilishiga koʻra, har qanday shaxs foydalanishi uchun ochiq omborlar boʻlishi va muayyan shaxslar, qoida tariqasida, ombor egalarining foydalanishi uchun moʻljallangan yopiq omborlar boʻlishi mumkin.