Bojxona kodeksi 174-modda. Boj olinmaydigan savdo doʻkonlari

Boj olinmaydigan savdo doʻkoni tovarlarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablariga va shartlariga muvofiq bojxona nazorati ostida realizatsiya qilish uchun moʻljallangan savdo obyektidir. Boj olinmaydigan savdo doʻkonining hududi savdo zallarining, yordamchi binolarning va doʻkon omborining hududlarini oʻz ichiga oladi. Boj olinmaydigan savdo doʻkonining ishlashini taʼminlash uchun zarur Oʻzbekiston tovarlariga boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi qoʻllanilmaydi. Boj olinmaydigan savdo doʻkonlari uch turga boʻlinadi: a) bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki Oʻzbekiston tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga, shu jumladan joyning oʻzida isteʼmol qilish uchun chakana sotishga moʻljallangan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni; b) chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu tashkilotlarning chet ellik xodimlariga, shuningdek ular bilan birga yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan oila aʼzolariga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga moʻljallangan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni; v) Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan, bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki Oʻzbekiston Respublikasi tovarlarini milliy valyutada va (yoki) chet el valyutasida chakana realizatsiya qilish uchun moʻljallangan savdo doʻkoni. Mazkur turdagi boj olinmaydigan savdo doʻkonlari faoliyatini tashkil