Bojxona hududining bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash maqsadida tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qoʻyilgan qismi bojxona nazorati zonasidir. Bojxona nazorati zonalari quyidagi turlarda boʻlishi mumkin: doimiy bojxona nazorati zonasi — bojxona nazoratidan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari ushbu zonada muntazam ravishda turgan hollarda; muvaqqat bojxona nazorati zonasi — bojxona operatsiyalari bajariladigan joylardan tashqarida tovarlarning va transport vositalarining vaqtincha bojxona nazoratini amalga oshirish va bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazish, shuningdek bojxona organlari tomonidan doimiy bojxona nazorati zonasidan tashqarida aniqlangan tovarlarning va transport vositalarining bojxona koʻzdan kechiruvini va bojxona koʻrigini oʻtkazish zarurati boʻlgan taqdirda. Doimiy bojxona nazorati zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror bojxona organining boshligʻi tomonidan qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi boʻylab bojxona nazorati zonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining boʻlinmalari bilan kelishiladi. Muvaqqat bojxona nazorati zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror: vakolatli shaxsning doimiy bojxona nazorati zonalaridan tashqarida tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazoratidan oʻtkazish hamda ularning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yozma arizasiga koʻra — bojxona organining boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan; bojxona nazoratidan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari doimiy bojxona nazorati zonalaridan tashqarida aniqlangan hamda ularning bojxona koʻzdan kechiruvini yoki bojxona koʻrigini aniqlangan joyda amalga oshirish zarurati tugʻilgan taqdirda, bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs keyinchalik xabardor etilgan holda — bojxona organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilinadi. Muvaqqat