Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojxona organiga quyidagilarni taqdim etishi shart: 1) avtotransport vositasida xalqaro tashish chogʻida: a) avtotransport vositasiga taalluqli quyidagi hujjatlarni: Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Vena, 1968-yil 8-noyabr) muvofiq avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma; Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda chet el avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, hududidan chiqishi va tranzit tarzida oʻtishi uchun vakolatli organning ruxsatnomasi; yuklar xalqaro yoʻllarda tashish (bundan buyon matnda XYT deb yuritiladi) daftarchasini qoʻllagan holda tashilgan taqdirda, XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasi (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) talablariga muvofiq avtotransport vositasiga yuklarni bojxona plombalari va muhrlari ostida xalqaro tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma; tez buziladigan mahsulotlar tashilayotganda, tez buziladigan mahsulotlarni tashish uchun avtotransport vositasiga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma; xavfli yuklar tashilayotganda, xavfli yuklarni tashish uchun avtotransport vositasiga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma; b) tovarga taalluqli quyidagi hujjatlarni: Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi konvensiya (Jeneva, 1956-yil 19-may) talablariga muvofiq tovar-transport yuk xati; yuklar XYT daftarchasi qoʻllanilgan holda tashilgan taqdirda, XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasiga (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) muvofiq XYT daftarchasi; tijorat hujjatlari; xalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar; v) ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi maʼlumotlar