Bojxona kodeksi 191-modda. Ogʻzaki soʻrov

Ogʻzaki soʻrov bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan vakolatli shaxslardan va bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga molik holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boshqa shaxslardan zarur axborotni ogʻzaki shaklda, bunday soʻrov natijalarini yozma shaklda rasmiylashtirmagan holda olishni nazarda tutadi.