Bojxona kodeksi 195-modda. Bojxona koʻrigi

Bojxona koʻrigi qoʻyilgan plombalarni, muhrlarni yoki bojxona identifikatsiyalashining boshqa vositalarini buzgan xolda, tekshirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratib, demontaj qilib yoki boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzib, tovarlarning oʻramini yoki transport vositasining yuk joylanadigan boʻlimini yoxud idishlarini, konteynerlarni va tovarlar boʻlgan yoki boʻlishi ehtimoli boʻlgan boshqa joylarni ochishni nazarda tutadi. Bojxona koʻrigi, qoida tariqasida, tovarga bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganidan keyin deklarant hozirligida oʻtkaziladi. Bunda tovarga bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar bojxona koʻrigi: bojxona maqsadlarida tovarni identifikatsiyalash; bayon etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini aniqlash; bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik toʻgʻrisidagi mavjud axborotni tekshirish; tanlab tekshirish prinsipiga rioya etgan holda xavfni boshqarish tizimi asosida bojxona nazoratini oʻtkazish; ushbu Kodeksning 275-moddasiga muvofiq deklarantning huquqlarini amalga oshirish zarur boʻlgan taqdirda oʻtkazilishi mumkin. Tirik hayvonlar va tez buziladigan tovarlar birinchi navbatda bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi. Bojxona organi mansabdor shaxslarining talabiga koʻra vakolatli shaxslar tovarlarning va transport vositalarining bojxona koʻrigi oʻtkazilayotganda hozir boʻlishi va ularga zarur koʻmak koʻrsatishi shart. Vakolatli shaxslar boʻlmaganda koʻrikdan oʻtkazilayotgan transport vositasini boshqarayotgan jismoniy shaxs vakolatli shaxs hisoblanadi. Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona koʻrigini quyidagi hollarda vakolatli shaxslar ishtirokisiz, ikki nafar xolis hozirligida oʻtkazishga haqli: tovarlar va transport vositalari taqdim etilgan kundan keyin besh ish kuni oʻtgach vakolatli shaxslar kelmaganda; davlat xavfsizligiga, jamoat tartibiga, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, hayvonlar va oʻsimliklarga, atrof-muhitga, madaniy boyliklarni saqlashga haqiqiy xavf mavjud boʻlganda va kechiktirib boʻlmayd