Shaxsiy koʻrik bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan va bojxona nazorati zonasida yoki aeroportning xalqaro yoʻnalishlar uchun ochiq boʻlgan tranzit zonasida boʻlgan jismoniy shaxsga nisbatan oʻtkaziladi. Shaxsiy koʻrik bojxona hududiga olib kirish yoki ushbu hududdan olib chiqish taqiqlangan tovarlarni yoxud ushbu Kodeksda belgilangan tartibni buzgan holda olib oʻtilayotgan tovarlarni jismoniy shaxs yonida yashirmoqda va ularni oʻz ixtiyori bilan taqdim etmoqchi emas, deb taxmin qilishga asoslar boʻlgan taqdirda bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish haqidagi qaror bojxona organining boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan yozma shaklda qabul qilinadi. Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni boshlashdan avval bojxona organining mansabdor shaxsi: shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni jismoniy shaxsga eʼlon qilishi; shaxsiy koʻrik oʻtkazilayotganda jismoniy shaxsni uning huquqlari bilan tanishtirishi; jismoniy shaxsga yonida berkitilgan tovarlarni oʻz ixtiyori bilan berishni taklif qilishi shart. Jismoniy shaxs shaxsiy koʻrikni rad etgan taqdirda, shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorga shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish haqidagi qarorni eʼlon qilgan bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan belgi qoʻyiladi. Agar koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs bojxona organi mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarmasa yoki bajarishga qarshilik koʻrsatsa, ushbu harakatlar maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq jismoniy shaxsni maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish uchun asos boʻladi. Shaxsiy koʻrik sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan alohida xonada bojxona organining koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi mansabdor shaxsi tomonidan xuddi shu jinsdagi ikki xolis hozirligida oʻtkaziladi. Boshqa jismoniy shaxslarning bu xonaga kirish va shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni kuzatish imkoniyatiga yoʻl qoʻyilmaydi. Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxsning tanasini tek