Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona organlari, agar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari mavjud deb taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud boʻlsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga, shu jumladan bojxona auditi usullari asosida amalga oshirishga haqli. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati amalga oshirilayotganda bojxona organlari tovarlarning borligini tekshirishga, ularni qayta bojxona koʻrigidan oʻtkazishga, bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni qayta tekshirishga, hujjatlarni hamda ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy operatsiyalarga va undan keyingi tijorat operatsiyalariga taalluqli axborotni tekshirishga haqli. Tekshiruv mazkur operatsiyalarga bevosita yoki bilvosita aloqador yoxud zarur hujjatlarga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar joylashgan yerlarda oʻtkazilishi mumkin. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazoratini oʻtkazish uchun bojxona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning tekshiruv maqsadi, uni oʻtkazish muddatlari, tekshiruvchi bojxona organi mansabdor shaxslarining tarkibi va tekshirilayotgan davr koʻrsatilgan qarori asos boʻladi. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati ayni bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) boʻyicha koʻpi bilan bir marta oʻtkazilishi mumkin. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati hamda bojxona toʻlovlarini qoʻshimcha hisoblash tovarlarning bojxona nazorati ostida boʻlishi tugagan paytdan eʼtiboran uch yil ichida amalga oshirilishi mumkin. Bojxona organlari bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilganligini vakolatli shaxs tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida taqdim etilgan hujjatlarni moliya-xoʻjalik faoliyatiga bogʻliq hujjatlarda aks ettirilgan maʼlumotlar bilan solishtirgan holda oʻrganish va tekshirish orqali bojxona auditini amalga oshiradi. Bojxona auditini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilana