Xavf tahlili obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi: bojxona nazorati ostida boʻlgan yoxud erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar; tijorat uchun foydalaniladigan transport vositalari; oldi-sotdi yoki ayirboshlashga doir tashqi iqtisodiyot kontraktlarida (shartnomalarida, kelishuvlarida), tovarlarga egalik qilish, ulardan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga oid bitimlarda yoxud boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar; tovarning kuzatuv hujjatlarida va boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar; bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaxslarning faoliyati; bojxona nazorati shakllari qoʻllanilishining natijalari.