Tovarlar (tovarning namunalari va nusxalari), bojxona deklaratsiyasida va boshqa hujjatlarda tovarlar toʻgʻrisida koʻrsatilgan maʼlumotlar, identifikatsiyalash belgilari tadqiqot obyektlaridir. Tadqiqot obyektlari, agar ularning oʻlchamlari va xossalari bunga imkon bersa, oʻralgan va muhrlangan tarzda ekspertga beriladi. Tadqiqot obyektini ekspertning ish joyiga yetkazish imkoni boʻlmagan taqdirda, bojxona ekspertizasini tayinlagan organ unga mazkur obyektga moneliksiz borib koʻrish va uni tadqiq etish imkoniyatini taʼminlaydi.