Bojxona ekspertizasi tayinlanayotganda va oʻtkazilayotganda vakolatli shaxs: bojxona ekspertizasi natijalari ustidan shikoyat qilish; ekspert xulosasini olish uchun qoʻshimcha masalalarni kiritish haqida iltimosnoma berish; bojxona organlarining va boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tovardan namunalar yoki nusxalar tanlab olinayotganda hozir boʻlish; ekspertning xulosasi bilan tanishish va bunday xulosaning koʻchirma nusxasini olish; bojxona ekspertizasini oʻtkazish haqida iltimosnoma berish huquqiga ega. Vakolatli shaxsning iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda bojxona organi tegishli qaror qabul qiladi. Iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisida bojxona organining mansabdor shaxsi uch ish kuni ichida vakolatli shaxsga rad etish sabablarini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabar qiladi.