Bojxona kodeksi 230-modda. Arizani koʻrib chiqish va guvohnoma berish toʻgʻrisida yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish

Guvohnoma berish toʻgʻrisida yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish uchun bojxona organi: guvohnoma yakka tartibda berilayotganda — taqdim qilingan transport vositasining ushbu Kodeksning 228-moddasida nazarda tutilgan guvohnoma berish talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishni amalga oshiradi; guvohnoma konstruksiyaning turi boʻyicha berilayotganda — konstruksiyaning maʼlum qilingan turi boʻyicha tayyorlangan bir yoki bir nechta transport vositasining ushbu Kodeksning 228-moddasida nazarda tutilgan guvohnoma berish talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishni amalga oshiradi. Bojxona organi tomonidan guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish hamda guvohnoma berish toʻgʻrisida yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish muddatlari ariza qabul qilingan sanadan eʼtiboran quyidagi muddatlardan oshmasligi kerak: guvohnoma yakka tartibda berilganda — oʻn ish kunidan; guvohnoma konstruksiyaning turi boʻyicha berilganda — yigirma ish kunidan. Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik va guvohnoma berganlik uchun bojxona yigʻimlari undirilmaydi. Bojxona organi tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay arizachiga guvohnoma berishi (yuborishi) yoki guvohnoma berish rad etilganligi haqida uni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi shart. Arizachi guvohnoma berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali xabarnoma olganidan keyin respublikaning istalgan bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda toʻldirilgan guvohnomani taqdim etadi. Bojxona organi guvohnoma maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali tekshiradi va uni muhr bilan