Guvohnoma quyidagilar asosida bekor qilinadi: arizachining guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasi; transport vositasining konstruksiyasi oʻzgartirilganligi fakti — guvohnoma konstruksiyaning turi boʻyicha berilganda; guvohnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda; bojxona organining guvohnoma berish toʻgʻrisidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda. Guvohnoma ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi. Guvohnoma bekor qilingan taqdirda u bojxona organiga qaytarilishi va yoʻq qilinishi lozim. Guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori arizachiga va bojxona organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi bojxona organining qarori arizachiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali yetkaziladi.