Bojxona kodeksi 233-modda. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish va uning dublikatini berish

Guvohnoma qayta rasmiylashtirilmaydi. Guvohnomaning amal qilish muddati tugagach guvohnomaning amal qilishi arizachining arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organiga guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar berilishi lozim. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish guvohnoma berish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun bojxona yigʻimi undirilmaydi. Guvohnoma yoʻqotilgan yoki unga shikast yetkazilgan taqdirda dublikat berilmaydi. Bunda arizachining arizasiga koʻra umumiy asoslarda yangi guvohnoma beriladi.