Bojxona kodeksi 242-modda. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini noqonuniy olib kirish hamda olib chiqish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda koʻriladigan choralar

Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini noqonuniy olib kirish va olib chiqish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda bojxona organlari noqonuniy olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini olib qoʻyadi, tergovga qadar tekshiruv oʻtkazadi, maʼmuriy ish yoki jinoyat ishini qoʻzgʻatadi. Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi noqonuniy olib kirilganligi va olib chiqilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.