Bojxona kodeksi 244-modda. Tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirishda bojxona organlarining boshqa vakolatli organlar bilan oʻzaro hamkorligi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlardan biri boʻlib, tashqi savdo operatsiyalari sohasida boshqa vakolatli organlar, shuningdek banklar va oʻzga tashkilotlar bilan axborot almashish, shu jumladan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali axborot almashish yoʻli bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.