Valyutaga oid qonunchilik buzilishlarining belgilari aniqlangan taqdirda bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini quyidagi faktlardan xabardor qiladi: olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organiga tovarning faktura qiymatini eksport qiluvchi (import qiluvchi) mamlakatda tovarning maʼlum qilingan qiymatiga nisbatan asossiz ravishda oshirish (kamaytirish) maqsadida notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilganligi; tovarlarning kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) boʻyicha kontragent boʻlmagan yetkazib beruvchilardan kelib tushganligi; eksport-import operatsiyalari amalga oshirilayotganda qonunchilikni boshqa tarzda buzish hollari. Taqdim etilgan faktlar soliq organlari tomonidan tasdiqlangan, shuningdek valyutani nazorat qilish sohasida huquqbuzarlik sodir etilganlik faktlari boshqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan taqdirda bojxona organlari: Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilinayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini kontraktlar boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzi uzilguniga qadar rad etishga bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno; qoʻshimcha bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarishga va undirishga; valyuta tushumlari bilan bogʻliq materiallarni Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlariga berishga; “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan huquqlar doirasida boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.