Bojxona kodeksi 254-modda. Deklaratsiyalashning shakli

Deklaratsiyalash tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi, ularning bojxona rejimlari haqidagi toʻgʻri maʼlumotlarni hamda bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni belgilangan shaklda (ogʻzaki, yozma, elektron) maʼlum qilish orqali amalga oshiriladi.