Bojxona nazorati maqsadlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjat bojxona deklaratsiyasidir. Bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarning roʻyxati bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va undirish, bojxona statistikasini shakllantirish va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash maqsadi uchun zarur maʼlumotlar bilangina cheklanadi. Bojxona deklaratsiyasidan bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta nazorati maqsadlari uchun hisobga olish hujjati sifatida foydalanilgan taqdirda, bojxona deklaratsiyasida shu maqsad uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak. Bojxona deklaratsiyalarining shakli, ularda koʻrsatiladigan maʼlumotlarning roʻyxati, ularni bojxona organlariga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.