Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi ishlab chiqarilgan mamlakati, fizik xususiyatlari, sifati, ishlab chiqaruvchisi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi boʻyicha tovar kodining oʻnta belgili darajasi bir xil boʻlgan tovarlar ayni bir shaxs tomonidan bojxona chegarasi orqali muntazam ravishda olib oʻtilgan taqdirda qoʻllaniladi. Ayni bir shaxs tomonidan muntazam ravishda olib oʻtish deganda, mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarning oltmish kalendar kun ichida bir marotabadan koʻp marta bitta yuk joʻnatuvchi manzilidan boshqa yuk qabul qiluvchi manziliga bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) asosida bir xil sharoitda bojxona chegarasidan olib oʻtilishi tushuniladi. Bunday hollarda muayyan vaqt ichida bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan barcha tovarlar uchun bitta bojxona yuk deklaratsiyasi beriladi. Bu tartib vaqtincha tovarlarni saqlashning eng koʻp muddati yoki bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlari buzilishiga olib kelishi mumkin emas.