Bojxona kodeksi 273-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilgan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish

Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi aniqlangan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga oid ish yurituv tugallanguniga qadar amalga oshirilishi mumkin, basharti: tovarlar qonunchilikka muvofiq olib qoʻyilmagan yoki xatlanmagan boʻlsa; qonunchilikka muvofiq tovarlar musodara qilinishi yoxud davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim boʻlmasa; bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishiga oid ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hisoblanishi mumkin boʻlgan bojxona toʻlovlarini va jarimalarni toʻlash yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa undiruv choralari deklarant tomonidan taʼminlangan boʻlsa.