Tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant quyidagi huquqlarga ega: bojxona deklaratsiyasi va bojxona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilguniga qadar tovarlarni bojxona nazorati ostida koʻzdan kechirish hamda oʻlchash, ularning namunalari va nusxalarini olish; tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazishda, bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan namunalar va nusxalar olinayotganda tovarlarning tekshirilishida hozir boʻlish; bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan olingan namunalar va nusxalarni tekshiruvdan oʻtkazish natijalari bilan tanishish; bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga kirish; bojxona masalalari boʻyicha bojxona organlaridan axborot va maslahatlar olish; tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish niyati toʻgʻrisida bojxona organlarini xabardor qilish; dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona maqsadlari uchun zarur boʻladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash; deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona nazorati ostida joylashtirish; tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish uchun moʻljallangan bojxona organlarining axborot tizimlaridan foydalanish. Tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant quyidagi huquqlarga ega: bojxona organiga taqdim etilgan, tovarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalanilgan maʼlumotlarning ishonchliligini isbotlash; tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymatiga aniqlik kiritish zarurati tugʻilganda, basharti tovarning bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlasa yoxud bojxona toʻlovlarini toʻlasa, deklaratsiyalangan tovardan bojxona organining ruxsati bilan foydalanish; tovarning bojxona qiymatini aniqlash xususida bojxona organining qarori, uning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizli