Bojxona kodeksi 288-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi

Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis faoliyati ustidan bojxona organlari tomonidan nazorat bevosita bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida amalga oshiriladi. Bojxona brokeri yoki oʻz shtatida bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis mavjud boʻlgan boshqa yuridik shaxs bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning bojxona organlariga nisbatan majburiyatlarini cheklashi mumkin emas. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis va bojxona brokeri yoki boshqa yuridik shaxs oʻrtasidagi munosabatlar mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi.