Bojxona kodeksi 296-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar va tarif preferensiyalari berish

Ushbu Kodeksga, boshqa qonunlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga binoan yuridik va jismoniy shaxslarga tarif imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻini, aksiz soligʻini va bojxona yigʻimlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar, tarif preferensiyalari berilishi mumkin.