Bojxona kodeksi 297-modda. Tarif imtiyozlari

Tashqi savdo siyosati amalga oshirilayotganda ilgari toʻlangan bojxona bojini qaytarish, bojxona boji stavkasini pasaytirish va bojxona bojini toʻlashdan ozod etish tarzida tarif imtiyozlari berilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari quyidagilarga nisbatan beriladi: 1) xalqaro yoʻnalishda yuklar, bagaj va yoʻlovchilar tashishni amalga oshiradigan transport vositalariga, shuningdek ularning yoʻlda qatnov vaqtida, oraliq toʻxtash punktlarida bir maromda ishlashi uchun zarur boʻlgan yoki transport vositalarida yuz bergan avariyalarga (nosozliklarga) barham berish uchun bojxona hududidan tashqarida olingan moddiy-texnika taʼminoti predmetlariga va anjomlariga, yoqilgʻiga, oziq-ovqatga va boshqa mol-mulkka; 2) Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasiga, chet el valyutasiga (numizmatika maqsadida ishlatiladigan valyuta bundan mustasno), shuningdek qimmatli qogʻozlarga; 3) dengizda ov bilan band boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi kemalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan ijaraga olingan (fraxt qilingan) kemalarning faoliyatini taʼminlash uchun bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan moddiy-texnika taʼminoti predmetlariga va anjomlariga, yoqilgʻiga, oziq-ovqatga va boshqa mol-mulkka, shuningdek ularning bojxona hududiga olib kiriladigan ov mahsulotiga; 4) davlat mulkiga aylantirilishi lozim boʻlgan tovarlarga; 5) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kiriladigan tovarlarga; 6) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar va shaxslar yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam koʻrsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlarga; 7) uchinchi davlatlar uchun moʻljallangan va bojxona nazorati ostida bojxona hududidan bojxona tranziti bojxona rejimida olib oʻtilad