Bojxona kodeksi 301-modda. Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati

Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullaridan biri orqali aniqlanadigan va bojxona toʻlovlarini hisoblash maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati asosini imkon qadar ushbu Kodeksning 303-moddasida belgilangan mazkur tovarning bitim qiymati tashkil etishi kerak. Ushbu bobning qoidalari Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimning VII moddasida hamda Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimning VII moddasini qoʻllash toʻgʻrisidagi bitimda (Marokash, 1994-yil 15-aprel) belgilangan umumiy prinsiplar va qoidalarga asoslanadi. Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tovarlarning ixtiyoriy yoki soxta bojxona qiymatidan foydalanishga asoslanmasligi kerak. Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartib-taomillari umum qoʻllaniladigan boʻlishi kerak, yaʼni ular tovarlarni yetkazib berish manbalariga, shu jumladan tovarlarning kelib chiqishiga, tovarlar turiga, bitim ishtirokchilariga va boshqa omillarga qarab farq qilmasligi kerak. Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartib-taomillaridan dempingga qarshi kurashish maqsadida foydalanilmasligi kerak. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimi VII moddasini qoʻllash toʻgʻrisidagi bitimning (Marokash, 1994-yil 15-aprel), shu jumladan ushbu bitimga doir sharhlarning tegishli qoidalaridan, shuningdek Jahon savdo tashkilotining Bojxona baholash qoʻmitasi va Jahon bojxona tashkilotining Bojxona baholash boʻyicha texnik qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan tovarlarning bojxona qiymatiga doir hujjatlardan kelib chiqqan holda bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bo