Olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitimning narxiga quyidagi xarajatlar kiritiladi, agar bu xarajatlar bitimning narxiga kiritilmagan boʻlsa: a) tovarni bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlar: tashish qiymati; tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga toʻkish xarajatlari; sugʻurta qiymati; b) sotib oluvchi tomonidan qilingan xarajatlar: vositachilik va brokerlik haqlari, bundan tovarni xarid qilishdagi vositachilik xarajatlari mustasno; konteynerlar va (yoki) koʻp marta ishlatiladigan boshqa idishlarning qiymati, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa; oʻrov-joylov qiymati, shu jumladan oʻrash-joylash materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining qiymati; v) sotib oluvchi tomonidan bepul yoki arzonlashtirilgan narxda bevosita yoxud bilvosita koʻrsatiladigan quyidagi xizmatlarning va yetkazib beriladigan boshqa tovarlarning tegishli tarzda taqsimlangan qiymati: olib kiriladigan tovarlar qaysi xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlardan ishlab chiqilgan (iborat) boʻlsa, oʻsha xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlar; olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan asboblar, shtamplar, qoliplar va boshqa shu kabi tovarlar; olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda sarflangan materiallar; bojxona hududidan tashqarida tayyorlangan va olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan loyihalashtirish, ishlab chiqish, muhandislik, konstruktorlik ishlari, dizayn, eskizlar va chizmalar; g) intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita toʻlashi kerak boʻlgan litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar; d) olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, oʻzgacha tarzda tasarruf etish yoki u