Bojxona kodeksi 320-modda. Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish

Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin: bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida; tovar chiqarib yuborilganidan keyin. Bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga quyidagi hollarda tuzatishlar kiritiladi, agar: deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usuli va miqdori ularni tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarga mos emasligi aniqlangan boʻlsa; bojxona qiymati deklaratsiyasida tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati va (yoki) bojxona toʻlovlari miqdoriga taʼsir etgan texnik xatolar aniqlangan boʻlsa. Tovar chiqarib yuborilganidan keyin uning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga quyidagi hollarda tuzatishlar kiritiladi, agar: shartli chiqarib yuborilgan tovarga nisbatan uning uzil-kesil bojxona qiymati deklarantning yoki bojxona brokerining qoʻshimcha axboroti asosida aniqlansa yoxud deklarant yoki bojxona brokeri ushbu Kodeksning 321-moddasiga muvofiq bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatini qabul qilsa; tovarni deklaratsiyalashda sodir etilgan, tovarning bojxona qiymatining va (yoki) bojxona toʻlovlarining miqdoriga taʼsir koʻrsatgan texnik xatolar aniqlangan boʻlsa; hujjatlarning keyingi tekshiruvi paytida tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlarining miqdoriga taʼsir koʻrsatgan notoʻgʻri deklaratsiyalash aniqlangan boʻlsa; maʼlum qilingan bojxona qiymatining bojxona hududiga olib kirilgan yoki ushbu hududdan olib chiqilgan tovarning miqdori va (yoki) sifati kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlaridan chetga chiqishi tufayli tovarning haqiqiy qiymatiga mos emasligi bojxona deklaratsiyasini qabul qilish sanasida aniqlangan boʻlsa. Bojxona koʻzdan kechiruvi dalolatnomasi, shuningdek kontrakt (shartnoma, kelishuv) taraflari oʻrtasida kelishilgan, bojxona toʻlovlari undirilmaydigan tovar boʻyicha — tovarning miqdoriga oid eʼtiroz y