Bojxona kodeksi 323-modda. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish tartibi

Bojxona toʻlovlari deklarant tomonidan hisoblab chiqariladi. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeksning 66-moddasida va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.