Bojxona kodeksi 324-modda. Bojxona toʻlovlari stavkalarining qoʻllanilishi

Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun: bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda boʻlgan, bundan ushbu Kodeksning 172 va 325-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno; bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan bojxona toʻlovlarini toʻlashda bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kuni amalda boʻlgan stavkalar qoʻllaniladi.