Tovarlar bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilganda yoxud ushbu Kodeksda belgilangan talablar va shartlar boshqacha tarzda buzilganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari: belgilangan talablar va shartlar buzilgan holda bojxona hududiga olib kirilgan va bojxona toʻlovlari toʻlanmagan tovarlarga nisbatan — bojxona chegarasini kesib oʻtish kuni amalda boʻlgan stavkalar, agar bunday kunni aniqlashning imkoni boʻlmasa — shunday tovarlar aniqlangan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha; noqonuniy olib chiqilgan tovarlarga nisbatan — bojxona chegarasini kesib oʻtish kuni amalda boʻlgan stavkalar, agar bunday kunni aniqlash imkoni boʻlmasa — shunday faktlar aniqlangan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha; tranzit bojxona rejimida olib oʻtilayotgan yoki bojxona nazorati ostida saqlanayotganda yoʻqotilgan, yetkazib berilmagan yoki bojxona organi bilan kelishilmagan holda berib yuborilgan tovarlarga nisbatan — tovarlar tegishli bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha; shartli chiqarib yuborilgan va bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilgan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan tovarlarga nisbatan — bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha hisoblab chiqariladi.