Bojxona kodeksi 333-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda ularning summalarini toʻlash muddatlari

Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda toʻlovchi tomonidan ularning summalarini toʻlash: kechiktirib toʻlash imkoniyati berilganda — kechiktirib toʻlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay; boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda — bojxona organi tomonidan toʻlovchi bilan birgalikda tasdiqlangan jadval boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlanadigan summalarni kiritishning kelishib olingan kunlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi. Kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan bojxona toʻlovlarining summalari toʻlovchi tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, bojxona organlari bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning butun summasini ushbu Kodeksning 47 va 48-boblarida nazarda tutilgan tartibda depozit, tovarlar garovi, bank kafolati, sugʻurta polisi yoki kafillik bilan taʼminlangan pul mablagʻlari hisobidan undirib olish choralarini koʻradi.