Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash ushbu Kodeksning 72 , 87 , 93 , 95 , 222 , 223 , 235 , 272 , 321 va 329-moddalarida belgilangan hollarda qoʻllaniladi. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash bojxona organlariga tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar yoxud shunday taʼminlashni nazarda tutuvchi harakatlar amalga oshirilguniga qadar taqdim etilishi kerak.