Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan undirish uning hisobvaraqlarida bojxona organining inkasso topshiriqnomasi qoʻyilgan paytdan eʼtiboran olti oydan koʻproq muddatda pul mablagʻlari boʻlmagan taqdirda qoʻllaniladi. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash hisobiga undiruvni mol-mulkka qaratish bojxona organining daʼvo arizasiga asosan sud tartibida amalga oshiriladi, bundan undiruvni bojxona organiga garov narsasi sifatida berilgan mol-mulkka qaratish bojxona organi va garovga qoʻyuvchi oʻrtasidagi shartnoma shartlariga qarab amalga oshiriladigan hollar mustasno.