Bojxona kodeksi 372-modda. Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorning amal qilish muddati

Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror, agar u oʻzgartirilgan, qaytarib olingan yoki bekor qilingan boʻlmasa, qabul qilingan kunidan eʼtiboran bir yil ichida amal qiladi. Ushbu muddat tugagach, dastlabki qaror oʻz kuchini yoʻqotadi, bu manfaatdor shaxsning yangi dastlabki qaror berish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.