Bojxona kodeksi 379-modda. Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari

Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari bojxona organlarining axborot tizimlarida yaratiladigan, ishlov beriladigan va toʻplab boriladigan maʼlumotlar bazasini oʻz ichiga olgan hujjatlashtirilgan axborotning tashkil etilgan majmuidir. Bojxona organlarining ixtiyorida boʻlgan axborot resurslari ochiqdir va ulardan hamma erkin foydalanishi mumkin, bundan ulardagi axborotdan foydalanish qonunchilikka muvofiq cheklangan hollar mustasno.