Bojxona organlarining mansabdor shaxslari manfaatdor shaxslarga bojxona ishi masalalari va bojxona organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan maslahat beradi. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan maslahat berish bojxona organlari joylashgan yerda va ularning ish vaqtida amalga oshiriladi. Bojxona organlari tomonidan maslahat berish ogʻzaki, elektron yoxud yozma shaklda bepul amalga oshiriladi. Maslahat berishda manfaatdor shaxslarga taqdim etilgan axborot tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organlari tomonidan qaror qabul qilish yoki harakatni bajarish uchun asos boʻlmaydi.