Bojxona organlari: 1) jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlar uchun, shu jumladan ularning manziliga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan; 2) bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq; 3) diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, xorijiy davlatlarning boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar, ushbu vakolatxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlari tomonidan rasmiy va shaxsiy foydalanish uchun; 4) insonparvarlik yordami va texnik koʻmak sifatida bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrmaydi.