Bojxona kodeksi 389-modda. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish

Bojxona organi intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqadi va tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki asoslantirilgan sabablarni koʻrsatgan holda uni rad etish haqida uch ish kuni ichida qaror qabul qiladi, bu haqda huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini xabardor qiladi. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu bobga muvofiq huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilingan, shuningdek ushbu Kodeksning 388-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan taqdirda qabul qilinadi.