Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining va konsullik muassasasining maʼmuriy-texnik xodimlari hamda ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari oʻz shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni, shu jumladan roʻzgʻorni dastlabki taʼminlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilgan holda olib chiqadi va xizmat safari yakunlanganidan keyin shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiradi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno.