Bojxona kodeksi 407-modda. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish

Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni bojxona chegarasi orqali nazorat ostida yetkazib berish tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning ijozati hamda nazorati ostida bojxona hududiga ularni olib kirish, ushbu hududdan olib chiqish yoki olib kirilgan ashyolarni undan olib oʻtishga yoʻl qoʻyiladigan tezkor-qidiruv tadbiridir. Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar xalqaro qonunga xilof muomalada boʻlishining oldini olish, shuningdek bunday muomalada ishtirok etayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar har bir alohida holda chet davlatlarning vakolatli organlari bilan kelishuvlarga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanadi, yaʼni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritilgan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va prekursorlarning, shuningdek boshqa ashyolarning oʻz nazorati ostida bojxona hududiga olib kirilishiga, bu hududdan olib chiqilishiga yoki tranzit tarzida olib oʻtilishiga yoʻl qoʻyadi. Nazorat ostida yetkazib berish usuli jinoyat sodir etish quroli yoki vositasi boʻlgan boshqa ashyolarga yoxud jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolarga nisbatan oʻzi bilan gʻayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etish kontrabanda deb hisoblanuvchi ashyolarga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin. Nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda har bir alohida holda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ tomonidan qabul qilinadi. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar bojxona organlari bilan kelishilgan holda tovarlarni nazorat ostida yetkazib berishni amalga oshiradi. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan giyohvandlik vositalari, ularning analoglarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyo